Havo-suv issiqlik nasosi qanday ishlaydi
Havo-suv issiqlik nasosi qanday ishlaydi?
LSRF seriyasi tashqi havodagi issiqlik energiyasidan foydalanib, suvni isitadi yoki sovutadi va uni binodagi iqlim tizimiga uzatadi. Bitta uskuna: binoni sovutish, isitish, pol orqali isitish (Underfloor Heating) va maishiy issiq suv (Domestic Hot Water) vazifalarini bajaradi. Bu yechim an'anaviy gaz qozonlari va alohida chillerlarning o'rnini bosib, energiya sarfini kamaytiradi.
Qish rejimi
Tashqi havodan energiya olinadi → Heat Pump suvni 35–60°C gacha qizdiradi → fankoyllar, pol isitish va issiq suv boyleri bilan binoga uzatiladi.
Yoz rejimi
Heat Pump suvni 7°C gacha sovutadi → fankoyllar orqali binoda konditsioner vazifasini bajaradi.
Tizim yechimi — AIRIUM Integrated HVAC
Tashqi blok → AIRIUM Heat Pump → Bufer bak (ixtiyoriy) → Fankoyllar / Pol isitish / Issiq suv boyleri → qulay ichki iqlim. Tizim tarkibi: issiqlik nasosi, bufer bak, sirkulyatsiya nasosi, fankoyllar, pol isitish konturi, issiq suv boyleri va avtomatik boshqaruv.
Qo'llanish sohalari
Har xonada mustaqil iqlim va issiq suv ta'minoti
Markazlashgan HVAC, past ekspluatatsiya xarajatlari
Pol isitish, fankoyl va GVS bitta tizimda
Barqaror harorat, past shovqin, 24/7 ishlash
Katta binolar uchun markazlashgan iqlim
Ma'muriy va ishlab chiqarish binolari
Issiq suv, havo isitish va suvni qizdirish
Katta hajmli binolar uchun iqlim nazorati
Nima uchun AIRIUM?
- ✓Sovutish + isitish + GVS bitta uskunada
- ✓16 ta agregatgacha modulli tizim
- ✓Scroll kompressor
- ✓Elektron kengayish klapani (EEV)
- ✓R410A ekologik sovutgich
- ✓PLC intellektual boshqaruv
- ✓Past ekspluatatsiya xarajatlari
- ✓Yil davomida barqaror ishlash